OTA-ONALAR UCHUN MA’LUMOT
Toshkent shahridagi Xalqaro Vestminster universiteti (TXVU) Londondagi Vestminster universiteti bilan hamkorlikda 2002 yil 16 yanvarda tashkil etilgan. TXVU Markaziy Osiyo miqyosida Buyuk Britaniya tizimi asosida taʼlim beradigan birinchi xalqaro universitetdir. Universitet hozirgi zamon talablariga javob beradigan keng koʼlamli oʼquv dasturlarini taklif etadi hamda bu barcha dasturlar va yoʼnalishlar Vestminster Universiteti tomonidan tasdiqlangan. TXVU bitiruvchilariga diplom London shahridagi Vestminster Universiteti tomonidan beriladi. Taʼlim ingliz tilida olib boriladi.
UNIVERSITET YOʼNALISHLARI

UMUMTA’LIM KURSIGA TAYYORLOV
Universitetga kirish va akademik muvaffaqiyatga tayyorgarlik. Ingliz tili va matematika bo‘yicha mustahkam bilimlarni shakllantiring hamda oliy ta’lim sari yo‘lingizni boshlang.

UMUMTA’LIM KURSI
Bakalavriat bosqichiga muvaffaqiyatli kirish uchun xalqaro umumta’lim kursi. Kelajakdagi ta’limingiz uchun zarur bo‘lgan akademik, muloqot va tanqidiy fikrlash ko‘nikmalarini egallang.

BAKALAVR YO’NALISHLARI
Britaniya ta’lim an’analari va innovatsiyalar uyg‘unlashgan bakalavriat dasturlari. Biznes, huquq, IT, moliya va iqtisodiyot sohalarida global karyeraga tayyorgarlik.

MAGISTRATURA YO’NALISHLARI
Professional va akademik yuksaklikka yo‘naltirilgan magistratura dasturlari. Xalqaro standartlarga mos magistrlik dasturlari orqali bilim va tajribangizni yanada rivojlantiring.
KIRISH SHARTLARI
Umumtaʼlim bosqichiga kirish uchun Ingliz tili va matematika fanlaridan kirish imtihoni topshiriladi.
Abituriyentlar Ingliz tili fanidan yetarli darajadagi bilimga ega ekanliklarini quyidagi usullardan biri orqali tasdiqlashlari mumkin:
- GCSE “O” level / IGCSE English fanidan kamida C baho
- IELTS sertifikat umumiy 6.0 va undan yuqori bal (Yozma ish bo‘limi — kamida 5.0).
- TXVU Umumta’lim tayyorlo’v kursini “WIUT Basic of English for Academic Purpose” modulining 2-darajasini muvaffaqiyatli yakunlash.
- TOEFL iBT (test markazida topshiriladigan format) natijalarini qabul qilamiz. Shuningdek, TOEFL “My Best Scores” natijalari ham TOEFL iBT testiga tegishli bo‘lsa, qabul qilinadi.
TOEFL bo‘yicha minimal talab — umumiy 78 ball, Yozma ish qismi kamida 17 bal bo’lishi kerak.
Eslatma: TOEFL Home Edition (onlayn test) TXVU daraja dasturlariga kirish uchun qabul qilinmaydi.
Matematika fanidan kirish imtihonlari TXVU hududida o‘tkaziladi. Matematika imtixonga ro’yxatdan o’tshi uchun admission.wiut.uz web saxifasi orqali ro’yxatdan otish kerak bo’ladi va “select exam date” bo’limi orqali matematika imtixon sanasini tanlab ro’yxatdan o’tish mumkin bo’ladi.
Abituriyentlar matematika fanidan yetarli darajadagi bilimga ega ekanliklarini quyidagi usullardan biri orqali tasdiqlashlari mumkin:
- GCSE “O” level Mathematics fanidan kamida C baho yoki unga tenglashtirilgan natija.
- University of Westminster tomonidan tasdiqlangan TXVU matematika kirish imtihonidan muvaffaqiyatli o‘tish. O’tish bali 50% va undan yuqori bolishi.
- SAT Matematika sertifikati taqdim etilishi. O’tish bali — 570 va undan yuqori
- Umumta’lim kursiga tayyorlo’v kursining 2-darajasidagi Basic of Quantitative Skills (BAQS) modulini muvaffaqiyatli yakunlash
- Toshkentdagi Xalqaro Vestminster Universiteti Akademik litseyining (ALWIUT) 1 va 2 bosqichlarida (1–4 semestrlar) matematika fanidan (geometriya va algebra) o‘rtacha kamida 4 baho bilan tugatish.
TXVU KARYERA MARKAZI
TXVU Karyera markazi 2006 yilda tashkil etilgan boʼlib, ushbu markaz talabalarning oʼqishdan boʼsh vaqtlarida, yozgi taʼtil kunlarida va Universitetni tamomlagandan soʼng ishga joylashishlariga yordam beradi. Shuningdek, talabalarning tanlagan yoʼnalishlarida koʼnikmalarini rivojlantirish uchun muhim xizmatlarni taqdim etadi.
Markaz bitiruvchilarni ish bilan taʼminlanish darajasini oshirishda muvaffaqiyatga erishdi – odatda 90% universitet bitiruvchilari oʼqishni tugatgandan keyin 6 oy davomida ish bilan taʼminlanadi. Bundan tashqari talabalarning aksariyati oʼqish davomidayoq markazning saʼy-harakatlari va yordami sababli, Nestle, PWC, Lukoil, Anglesey Food va General Motors kabi dunyoning yetakchi kompaniyalarining amaliyot dasturlarida faol ishtirok etmoqda.











BITIRUVCHILAR

Toshkent Xalqaro Vestminster universiteti tashkil etilgandan beri (2002 yil) 7100 dan ortiq talabalar universitetning bakalavr va magistratura kurslarini tamomladilar. Bitiruvchilarimiz investitsiya, neft va gaz, moliya va bank, buxgalteriya hisoboti va audit, xalqaro rivojlanish loyihalari, oziq-ovqat sanoati, taʼlim, savdo, axborot texnologiyalari, davlat tizimi, farmatsevtika sanoati, koʼchmas mulk, ommaviy axborot vositalari va reklama, logistika, menejment, marketing va yurisprudentsiya, ogʼir sanoat, toʼqimachilik kabi turli xil sohalarda faoliyat yuritadilar.
TXVU bitiruvchilari Oʼzbekiston va xorijiy davlatlarning jahon miqyosidagi tashkilotlarida ishlab, mamlakatning turli sohalari, xususiy va xalqaro tashkilotlarning barqaror rivojlanishiga katta hissa qoʼshmoqdalar.
TXVU nisbatan yosh universitet boʼlsada, yuqori malakali bitiruvchilar oʼzlari ishlayotgan sohalarda katta yutuqlarni namoyish etmoqdalar, ularning aksariyati oʼz sohalarining mutaxassislariga aylanishgan.
Bitiruvchilarning muvaffaqiyatlari universitetning taʼlim tizimini boshqarish toʼgʼri yoʼlga qoʼyilganligidan dalolat beradi. Universitet Oʼzbekistonda xalqaro professional taʼlimni rivojlantirishda oʼz saʼy-harakatlarini davom ettiradi.







TALABALAR YOTOQXONASI
Toshkent shahrida doimiy yashash joyiga ega boʼlmagan TXVU talabalari universitet yotoqxonalaridan biriga joylashishlari mumkin boʼladi. Hozirda universitetning ikki nafar yotoqxonasi mavjud boʼlib, ular taʼlim olish hududidan (ommaviy transportda borganda) 15 minut uzoqlikda joylashgan.
Universitet turar joylariga talab katta boʼlganligi uchun yotoqxonaga joylashishda raqobat kuchli boʼladi. Shu munosabat bilan yashash joyini oldindan tayin qilish uchun yotoqxonaga iloji boricha tezroq onlayn roʼyxatdan oʼtish maqsadga muvofiqdir.
Shuni eʼtiborga olingki, universitet yotoqxonalarining birida yashash TXVU turar joyida turish qoidalariga toʼliq rioya qilish sharti bilan amalga oshiriladi.




KO‘P BERILADIGAN SAVOLLAR
- Universitetning umumtaʼlim bosqichiga talaba 17 yoshdan qabul qilinadi.
- Universitetning bakalavr yoʼnalishiga talaba 18 yoshdan qabul qilinadi.
BIZ BILAN BOG‘LANING
Manzil
- Istiqbol ko‘chasi, 12, Toshkent
Call-markaz
Elektron pochta
Ish kunlari va soatlari: dushanbadan jumagacha 9:00 dan 18:00 gacha (tushlik vaqti 13:00 dan 14:00 gacha)
