UMUMTA’LIM KURSIGA TAYYORLOV


UMUMTA’LIM KURSIGA TAYYORLOV (CPFS)

Umumta’lim kursiga tayyorlov (CPFS) Toshkentdagi Xalqaro Vestminster Universitetida (TXVUda) tahsil olishni rejalashtirayotgan abituriyentlar uchun mo‘ljallangan. Ushbu kursning asosiy maqsadi — TXVUga kirishni maqsad qilgan talabgorlarning ingliz tili va matematika bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarini rivojlantirishdan iborat.

Universitet ushbu dastur orqali siz o‘qishdan samarali foyda olishingizga, o‘zingizga bo‘lgan ishonchingizni oshirishingizga hamda mustaqil ta’lim oluvchi sifatida shakllanishingizga ishonch bildiradi. Shuningdek, mazkur kurs sizni universitet ta’limining birinchi bosqichi hisoblangan Umumta’lim kursi (CIFS) dasturida muvaffaqiyatli tahsil olishga tayyorlaydi.

Boshlanish sanasi
Sentyabr 2026
Ingliz tili
Akademik ingliz tili asoslari (BEAP)
Matematika
Miqdoriy ko‘nikmalar asoslari (BaQS)
Davomiyligi (sirtqi)
1-daraja – ikki yil
2-daraja – bir yil

KURS MAQSADI

Kurs o‘quv dasturi Cambridge IGCSE talablari asosida ishlab chiqilgan bo‘lib, matematika va ingliz tili fanlari bo‘yicha Cambridge darsliklaridan foydalaniladi. Shuningdek, 2-daraja yakunida talabalar ixtiyoriy ravishda Cambridge malaka imtihonini topshirib, amal qilish muddati cheklanmagan Cambridge sertifikatini qo‘lga kiritish imkoniyatiga ega.

Umumta’lim kursiga tayyorlov ikki bosqichda tashkil etiladi:

1-daraja

Ikki yil (sirtqi ta’lim shakli)

9–10-sinf o‘quvchilari qabul qilinadi va ular kirish talablariga javob berishi lozim.
2-daraja

Bir yil (sirtqi ta’lim shakli)

11-sinf o‘quvchilari yoki o‘rta ta’lim muassasasini tamomlagan abituriyentlar qabul qilinadi hamda ular kirish talablariga javob berishi shart.

ASOSIY O‘RGANISH NATIJALARI

Universitetga kirish uchun zarur bo‘lgan ingliz tili va matematika bo‘yicha bilim, ko‘nikma va tushunchalarni egallash.

Akademik muvaffaqiyat uchun o‘zini boshqarish va mustaqil o‘qish ko‘nikmalarini rivojlantirish.

O‘qishga va universitet muhitiga nisbatan ijobiy munosabatni shakllantirish.

Toshkent shahridagi Xalqaro Vestminster Universitetiga (TXVU)ga IELTS yoki universitet matematika kirish imtihonisiz kirish imkoniyatini qo‘lga kiritish.

Ingliz tilida B2 (CEFR) darajasiga teng bilimga erishish.

Matematika bo‘yicha GCSE darajasiga teng bilimga erishish, bu Xalqaro umumta’lim kursi talablariga yetarli.

Ingliz tilidan foydalanish, hisoblash va muloqot sohalarida o‘quv ko‘nikmalarini namoyish etish.

Umumta’lim kursiga tayyorlov doimiy baholash, fikr-mulohaza va akademik yordamni ta’minlab, talabalar taraqqiyotini kuzatadi va ularning muvaffaqiyatini kafolatlaydi.

KIRISH TALABLARI

  • Abituriyentlar 9 yillik o‘rta ta’limni tamomlagan yoki shunga teng malakaga ega bo‘lishi kerak.

  • 1-daraja: 9–10-sinf o‘quvchilari qabul qilinadi.

  • 2-daraja: 11-sinf o‘quvchilari yoki o‘rta ta’limni tamomlagan abituriyentlar qabul qilinadi.

  • 9–10-sinf o‘quvchilari orasida IELTS va SAT natijalari juda yuqori bo‘lganlar 2-darajaga qabul qilinish huquqini aniqlash uchun qo‘shimcha suhbatdan o‘tadilar.
  • 1-daraja:

Umumta’lim kursiga tayyorlov (CPFS) kirish imtihonida 40–59% ball YOKI IELTS 4.5 yoki 5.0

  • 2-daraja:

Umumta’lim kursiga tayyorlov (CPFS) kirish imtihonida kamida 60% ball YOKI IELTS 5.5 (Writing bo‘limi kamida 5.0 bo‘lishi shart)

Eslatma: Toshkent shahridagi Xalqaro Vestminster Universiteti ushbu kirish talablarini zaruratga qarab o‘zgartirish huquqini o‘zida saqlab qoladi.

1-daraja:

Umumta’lim kursiga tayyorlov (CPFS) kirish imtihonida 20–39% ball

2-daraja:

Umumta’lim kursiga tayyorlov (CPFS) kirish imtihonida kamida 40% ball YOKI Universitet matematika kirish imtihonida kamida 40% ball

Eslatma Toshkent shahridagi Xalqaro Vestminster Universiteti ushbu kirish talablarini zaruratga qarab o‘zgartirish huquqini o‘zida saqlab qoladi.

NIMA UCHUN BIZNI TANLASHADI?

- Ajoyib akademik sifat

- Toshkent shahridagi Xalqaro Vestminster Universiteti ta’lim standartlari

- O‘qitishga professional yondashuv

- Boy ijtimoiy hayot (turli qo‘shimcha klublar bilan)

- TXVU kutubxonasi va boshqa infratuzilmalarga kirish imkoniyati

UMUMTA’LIM KURSIGA TAYYORLOV BROSHYURASI
TA’QDIM ETILISHI KERAK BO‘LGAN HUJJATLAR:

Quyidagi hujjatlar online tarzda topshirilishi lozim:

1.  Rasm (3×4 sm)
2.  Pasport yoki tug‘ilganlik guvohnomasining nusxasi (skan qilingan)

3. IELTS sertifikati (agar mavjud bo‘lsa)

KONTAKT MA’LUMOTLARI

Qo‘shimcha ma’lumot olish uchun biz bilan bog‘laning:
(+99871) 238-74-27
 
Biz dushanbadan jumagacha, soat 09:00 dan 17:00 gacha ochiqmiz.

Har yili Umumta’lim kursiga tayyorlov bitiruvchilarining 90% qismi TXVU talabasi bo‘ladi.