Xalqaro umumta’lim kursi sertifikati

Kursning maqsadi — talabani bakalavriat darajasida muvaffaqiyatli o‘qishga tayyorlash. Xalqaro umumta’lim kursi sertifikati Toshkent shahridagi Xalqaro Vestminster Universitetitomonidan beriladi va Buyuk Britaniyada barcha universitetlarga kirish malakasi sifatida tan olingan.

KURSNING UMUMIY TAVSIFI

Xalqaro umumta’lim kursi sertifikati — bu bir yillik, ikki semestrlik kurs bo‘lib, Vestminster universiteti (TXVU) tomonidan akkreditatsiyalangan va Toshkent shahridagi Xalqaro Vestminster Universitetida o‘qitiladi. Umumta’lim kursi oliy ta’limga ilk qadam hisoblanadi.

Kursning maqsadi — talabani bakalavriat darajasida muvaffaqiyatli o‘qishga tayyorlash. Xalqaro umumta’lim kursi sertifikati Toshkent shahridagi Xalqaro Vestminster Universiteti (TXVU) tomonidan beriladi va Buyuk Britaniyada barcha universitetlarga kirish malakasi sifatida tan olingan. Shuningdek, bu sertifikat dunyoning ko‘plab universitetlarida bakalavriat dasturlariga kirish uchun rasmiy malaka sifatida tan olinadi.

Umumta’lim kursini muvaffaqiyatli tamomlagan talabalar avtomatik ravishda (TXVU)ning bakalavriat darajasidagi dasturlariga o‘tish huquqiga ega bo‘ladi. Shuningdek, ular standart ariza berish sharti bilan Londondagi, Vestminster universitetidagi tegishli kurslarga kirish imkoniyatiga ham ega bo‘ladi.

BILISHINGIZ KERAK

Diplom nomi:

Xalqaro umumta’lim kursi sertifikati

Boshlanish sanasi:

Sentyabr (har o‘quv yili)

Davomiyligi:

1 yil (kunduzgi ta’lim)

O‘quv to‘lovi:

Mahalliy fuqarolar uchun - 38,820,000 UZS / yil

Chet el fuqarolari uchun - 54,600,000 UZS / yil

KURS MAQSADLARI

Xalqaro umumta’lim kursi sertifikati talabalarning Buyuk Britaniya bakalavriat dasturlariga kirishiga tayyorlash maqsadida ishlab chiqilgan ta’lim dasturidir. Kurs O‘zbekistondagi mahalliy talabalar hamda xalqaro talabalar ehtiyojlarini qondirishga qaratilgan bo‘lib, ularni Britaniya bakalavriatida o‘qish uchun zarur bo‘lgan ko‘nikma va kompetensiyalar bilan ta’minlaydi.

Kurs quyidagi maqsadlarni amalga oshirishga qaratilgan:

Talabalarga og‘zaki va yozma muloqot hamda matematik savodxonlik yo‘nalishlarida nazariy va amaliy bilimlarni berish va ularni bakalavriat darajasida o‘qishga tayyorlash;

Talabalarni turli o‘quv va ko‘chma (transferable) ko‘nikmalar bilan ta’minlash hamda ularning oliy ta’limdagi ahamiyatini anglashiga yordam berish;

Ijtimoiy, iqtisodiy va siyosiy kontekstlarga oid asosiy tamoyillar va tushunchalar bo‘yicha bilim va tushuncha hosil qilish;

Talabalarning global dunyoqarashini kengaytirish va ularning mahalliy hamda xalqaro hamjamiyatdagi faolligini oshirish;

O‘quv jarayonida talabani markazga qo‘ygan va mustaqil o‘rganishni rag‘batlantiruvchi ta’lim muhitini yaratish;

Ta’lim jarayonida texnologiyalardan foydalanishni integratsiya qilish orqali muloqot va tadqiqot imkoniyatlarini kengaytirish.

NIMA UCHUN TXVUDA UMUMTA’LIM KURSINI TANLASH KERAK?

Xalqaro umumta’lim kursi sertifikati talabalarda kelgusidagi o‘qish va kasbiy faoliyat uchun muhim bo‘lgan quyidagi fazilatlarni rivojlantirishga xizmat qiladi:

Tanqidiy va ijodiy fikrlash;

Savodli va samarali muloqot ko‘nikmalari;

Tadbirkorlik qobiliyati;

Global dunyoqarash va jamiyat hayotida faol ishtirok;

Ijtimoiy, ekologik va axloqiy mas’uliyat.

KIRISH TALABLARI

Biz barcha abituriyentlar uchun teng imkoniyatlarni ta’minlaydigan professional, adolatli va shaffof qabul jarayonini tashkil etishga intilamiz. Bizning maqsadimiz talabalarga ularning maqsadlari va tayyorgarlik darajasiga, shuningdek, akademik va kasbiy standartlar talablariga mos keladigan dasturlarni tanlashda yordam berishdir. Batafsil ma’lumotni qabul siyosati va shartlari va qoidalari orqali bilib olishingiz mumkin.

  • Umumiy talablar:

    Xalqaro umumta’lim kursi sertifikati dasturiga kirish talablari akademik salohiyati isbotlangan hamda matematika va ingliz tili bo‘yicha mustahkam bilim asosiga ega bo‘lgan nomzodlarni saralash maqsadida belgilangan.
    Nomzodlar keng doiradagi fanlarni o‘qigan bo‘lishi hamda GCSE O Level darajasiga tenglashtiriladigan o‘rta ta’lim to‘g‘risidagi hujjatga (masalan, O‘zbekiston Respublikasi o‘rta ta’lim attestati) ega bo‘lishi kerak. Odatda umumiy o‘rtacha ko‘rsatkich kamida 70% bo‘lishi talab etiladi.
    Universitet zarurat tug‘ilganda qo‘shimcha qabul jarayonlarini, jumladan suhbat (intervyu) o‘tkazishni joriy etish huquqini saqlab qoladi.

  • Nomzodlar quyidagilardan biriga ega bo‘lishi kerak:

    • GCSE “O” level / IGCSE English fanidan kamida C baho.
    • IELTS — kamida 6.0 (Yozma ish bo’limida kamida 5.0)
    • TXVU Tayyorlov kursi dasturining 2-darajasidagi WIUT Basic of English for Academic Purpose modulini muvaffaqiyatli yakunlash;

    TOEFL iBT (imtihon markazida topshirilgan) natijalari qabul qilinadi. Shuningdek, TOEFL “My Best Scores” (TOEFL iBT natijalari bo‘yicha) ham qabul qilinadi.

    Eslatma: TOEFL Home Edition (onlayn shakli) WIUT bakalavriat dasturlariga kirish uchun qabul qilinmaydi.

    • TOEFL bo‘yicha minimal talab — umumiy 78 ball, Yozma ish qismi kamida 17 bal bo’lishi kerak.
  • Nomzodlar odatda o‘quv yili boshiga qadar 17 yoshga to‘lgan bo‘lishi kerak.
    Arizalar, odatda, TXVU qabul tizimi orqali taqdim etilgan hujjatlar asosida ko‘rib chiqiladi.

  • Nomzodlar matematika fanidan yetarli bilim darajasini quyidagilardan biri orqali tasdiqlashi lozim:

    • Vestminster universiteti tomonidan tasdiqlangan TXVU Matematika kirish imtihonidan muvaffaqiyatli o‘tish
    • GCSE “O” level Mathematics fanidan kamida C baho yoki unga tenglashtirilgan natija;
    • SAT Mathematics bo‘limidan kamida 570 bal
    • TXVU Tayyorlov kursi dasturining 2-darajasidagi WIUT Basic of Quantitative Skills (BAQS) modulini muvaffaqiyatli yakunlash;
    • TXVU Akademik litseyining 1 va 2-bosqichlarini (1–4-semestrlar) matematika fanidan (Algebra va Geometriya) kamida o‘rtacha 4 baho bilan tamomlash.

MUTAXASSISLAR JAMOASI TOMONIDAN O‘QITILADI

KELAJAK SARI QADAM QO‘YING

Toshkentdagi Xalqaro Vestminster universitetida ta’lim olish haqida o‘ylayapsizmi, lekin nimadan boshlashni bilmayapsizmi? Qabul bo‘yicha hodimlarimiz sizga yordam berishga tayyor. Sifatli Britaniya ta’limini oling va muvaffaqiyatli karyera sari ishonch bilan qadam tashlang.

BIZNING DASTURLAR

BA (Hons) Xalqaro munosabatlar va huquq

BA (Hons)
Xalqaro munosabatlar va huquq

Xalqaro munosabatlar, huquq, diplomatiya, siyosat tahlili va global boshqaruv sohalarida ko‘nikmalaringizni rivojlantiring.

Batafsil
BSc (Hons) Kompyuter fanlari yo‘nalishi

BSc (Hons)
Kompyuter fanlari yo‘nalishi

Kelajak texnologiyasini shakllantirish uchun dasturlash, sun’iy intellekt va dasturiy injiniringni o‘rganing.

Batafsil
BSc (Hons)  Moliya yo‘nalishi

BSc (Hons)
Moliya yo‘nalishi

Xalqaro karyera uchun moliya, investitsiyalar va risklarni boshqarish bo‘yicha mustahkam bilimlarni egallang.

Batafsil
BSc (Hons) Iqtisodiyot va uning yo‘nalishlari

BSc (Hons)
Iqtisodiyot va uning yo‘nalishlari

Siyosat va biznes uchun iqtisodiyot, moliya va ma’lumotlar tahlili bo‘yicha ko‘nikmalarni rivojlantiring.

Batafsil
BA (Hons)  Biznes boshqaruvi va uning yo‘nalishlari

BA (Hons)
Biznes boshqaruvi va uning yo‘nalishlari

Turli xalqaro tashkilotlarda muvaffaqiyatga erishish uchun yetakchilik va innovatsiya ko‘nikmalarini shakllantiring.

Batafsil
BA (Hons) Tijorat huquqi

BA (Hons)
Tijorat huquqi

Huquqiy va korporativ karyeraga tayyorgarlik uchun xalqaro va mintaqaviy huquqni ingliz tilida o‘rganing.

Batafsil

BIZ BILAN BOG‘LANING

Manzil

  • Istiqbol ko‘chasi, 12, Toshkent

Ish kunlari va soatlari: dushanbadan jumagacha 9:00 dan 18:00 gacha (tushlik vaqti 13:00 dan 14:00 gacha)